O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“16—19-oktabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida so‘nggi bor 13—14-oktabr kunlari sel kelishi xavfi e’lon qilingan edi.
Ma’lumot uchun, 13-oktabr kuni kunduzi va 14-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘di.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)