fDi Magazine jurnali “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Nashr dunyoning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonalari ro‘yxatini tuzdi. Mazkur ro‘yxatda “Navoiy” EIIZ “Osiyoda yilning eng yaxshi erkin industrial-iqtisodiy zonasi” nominatsiyasida ikkinchi, “Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi erkin industrial-iqtisodiy zonasi” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “Navoiy” EIIZ “Osiyoda kichik va o‘rta biznesni jalb etish bo‘yicha yilning eng yaxshi erkin industrial-iqtisodiy zonasi” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, fDi Magazine jurnali fDi Intelligence tahliliy markazi tomonidan chop etiladi va Financial Times noshirlik guruhi tarkibiga kiradi. Nashr to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar global bozori tahliliga ixtisoslashgan.
Izoh (0)