Angliya Premyer-Ligasi o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlarning qaysi klublarga muxlislik qilishi haqida “Championat.asia” The Telegraph nashriga asoslanib xabar berdi.
Bunda referilar qirollikning qaysi qismida tug‘ilgani va shundan kelib chiqib, qaysi klubga muxlislik qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Konsettda tug‘ilgan mashhur angliyalik hakam Mark Klattenburg “Nyukasl” klubining muxlisi bo‘lib chiqdi. Qayd etish kerak, “Nyukasl” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Premyer-Ligani tark etgandi.
Andre Marriner muxlislik qiladigan jamoa ham o‘tgan mavsum Premyer-Ligadagi o‘rnini saqlab qola olmagan — “Aston Villa”.
Nomlari keltirib o‘tilgan 16 nafar hakamdan faqatgina bittasi Premyer-Ligada faoliyatini davom ettirayotgan jamoaga muxlis. Jonatan Moss Sanderlendda tavallud topgani uchun, shu shahar nomi bilan yuritiladigan klubga ishqiboz bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Moss befarq bo‘lmagan “Sanderlend” Premyer-Liga 7-turidan keyin eng so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Hakamning o‘zi “Sanderlend” ishtirokidagi birorta ham bellashuvda ishlamagan.
Izoh (0)