Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) antidoping qoidalarini buzgani uchun Rio–2016 ning to‘rt ishtirokchisini diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Polshalik Tomash Zelinski, mo‘g‘ulistonlik Chagnaadorj Usuxbayar, ruminiyalik Gabriel Sinkrayan hamda Rio–2016 da bronza medaliga sazovor bo‘lib, keyin undan mahrum qilingan Izzat Ortiqov barcha musobaqalardan chetlatildi.
Diskvalifikatsiya muddatiga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)