Raqamli xavfsizlik sohasidagi tovar va xizmatlar global bozori IT-xizmatlar bozoriga nisbatan ikki barobar tezroq o‘sadi va 2020-yilga kelib 100 milliard dollardan oshadi. Joriy yilda kompaniyalar kiberxavfsizlikka 73,7 milliard dollar sarflaydi, o‘rtacha yillik o‘sish esa 8,3 foizni tashkil etadi. International Data Corporation (IDC) ekspertlari tahlillari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.
2016-yil yakunlari bo‘yicha kiberhimoya uchun eng ko‘p banklar (8,3 milliard dollar), shuningdek, hukumat va sanoat korxonalari mablag‘ sarflashi kutilmoqda. Ushbu sektorlarga dunyoda raqamli xavfsizlik uchun ajratiladigan barcha xarajatlarning uchdan biridan ortig‘i (37%) to‘g‘ri kelmoqda.
Joriy yilda raqamli xavfsizlik bozorida AQSh (31,5 milliard dollar) peshqadam bo‘lishi, ikkinchi o‘rinni G‘arbiy Yevropa (19,5 milliard dollar), uchinchi o‘rinni esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi egallashi taxmin qilinmoqda. Keyingi 5 yil mobaynida aynan mazkur mintaqa o‘sish bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga olishi kutilmoqda.
Izoh (0)