Rossiya va AQSh Shveysariyaning Lozanna shahrida mintaqadagi yetakchi davlatlar ishtirokida Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Lavrov va Kerri o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, 15-oktabr, shanba kuni Lozannada Rossiya, AQSh va mintaqadagi yetakchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Suriyadagi tanglikni bartaraf etish uchun shart-sharoit yaratish masalalari ko‘rib chiqiladi”, — deb ma’lum qildi Rossiya TIV.
“Mintaqaviy davlatlar ishtiroki o‘ta muhim”, — deya ta’kidladi Sergey Lavrov CNN telekanaliga bergan intervyusida. — Bu Eron, Saudiya Arabistoni, Turkiya va balki Qatar bo‘lishi mumkin. Mazkur uchrashuv har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan, biroq amalga oshirilmagan Rossiya — AQSh kelishuvida ko‘zda tutilgan tamoyillar asosida Suriya bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yishga imkon beradi deb umid qilaman”.
Izoh (0)