Funt sterling kursini Buyuk Britaniyaning asosiy savdo sheriklari valyutalari savatiga nisbatini ko‘rsatuvchi indikator ushbu ko‘rsatkich amalda bo‘lgan vaqtdan beri eng minimal darajaga tushdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ko‘rsatkich 1848-yildagi minimum — 73,38 punktgacha pasaydi. Hatto 1930-yilda, mamlakat oltin standartdan voz kechganda va 1992-yilda, Buyuk Britaniya Yevropa valyuta kurslari mexanizmidan chiqarilganida ham mazkur ko‘rsatkich bunchalik pasaymagandi.
Ma’lumot uchun, Angliya bankining asosiy savdo sherigi Germaniya hisoblanadi (savatdagi ulushi 22,5%). Keyingi o‘rinlarni AQSh (16,5%), Fransiya (12,6%), Italiya (8,3%) va Yaponiya (7%) egallagan.
Izoh (0)