Iroq terma jamoasi futbolchilari Tailandga qarshi JCh–2018 turniriga 3-saralash bosqichi 4-turi oldidan qo‘yni qurbonlikka keltirib, shu tariqa jamoaning omadsiz o‘yinlariga barham berishga urindi. Bu haqda “Niyitabiti.net”ga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Osiyo qit’asidan JCh–2018 turniriga 3-saralash bosqichining dastlabki uch turida Iroq termasi Avstraliya (0:2), Yaponiya (1:2) va Saudiya Arabistoniga (1:2) imkoniyatni boy bergandi.
Tailandga qarshi kechgan o‘yinda esa iroqliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.
Qayd etish kerakki, mazkur o‘yinda nominal mezbon sanalgan Iroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli uchrashuvni Eron poytaxti Tehron shahridagi Shahid Dastgerdi Stadium’da o‘tkazdi.
Izoh (0)