San-Marinoda o‘tkazilgan “Ralli afsonalari” avtopoygasida mashinalardan birining trassadan chiqib ketishi oqibatida 1 tomoshabin halok bo‘ldi. Bu haqda Motorsport’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Poygachi Enriko Bonazoning Renault Clio Maxi avtomobili yuqori tezlikda burilishda trassadan chiqib ketdi va ortida tomoshabinlar turgan himoya vazifasini bajaruvchi maxsus presslangan pichanlarni urib yubordi.
O‘nga yaqin jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, ba’zilari shifoxonaga yotqizildi. Bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Avariya sabablari hozircha aniqlanmagan.
Noxush hodisadan so‘ng poyga tashkilotchilari finishgacha ikki maxsus uchastka qolganida uni to‘xtatishga va taqdirlash marosimini bekor qilishga qaror qildi.
Izoh (0)