O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov boshqarib borgan Rossiya — Kosta-Rika o‘yini mehmonlar g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. O‘yin yangi qurilgan “Krasnodar” stadionida bo‘lib o‘tgandi.
Kosta-Rika futbolchilari birinchi bo‘limdan so‘ng 3:1 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda Artyom Dzyuba dubl qayd etib, hisobni tenglashtirdi. 92-daqiqada esa Ravshan Ermatov Rossiya termasi darvozasi tomon penalti tayin qildi.
Ravshan Ermatov avvalroq rus jurnalistlarining savollariga javob qaytarib, rossiyaliklarga yon bosmasligi haqida aytib o‘tgandi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 9-oktabr, yakshanba
Izoh (0)