AQSh prezidenti Barak Obama yaqinlashib kelayotgan “Mettyu” dovuli tufayli Florida shtatida favqulodda holat rejimini joriy qildi va mahalliy hukumatga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi, deb yozadi “TASS”.
Xususan, davlat rahbari milliy xavfsizlik vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv bo‘yicha federal agentlikka tabiiy ofatning ehtimoliy oqibatlariga qarshi kurashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtirishga farmon berdi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest “Mettyu” kutilganidan ko‘ra kuchliroq bo‘lib chiqqanini ma’lum qilgan edi.
Ayni paytda “Mettyu” AQShning janubi-sharqiy shtatlari — Florida, Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolinaga xavf solmoqda. Ushbu shtatlarning hukumatdan evakuatsiya haqida tavsiya olgan aholisi soni 2 million kishidan oshdi.
Izoh (0)