Ispaniya sharqidagi Valensiya plyajlaridan birida qutqaruvchilar cho‘kayotgan sayyoh ayolning iltimosini e’tiborga olmadi. Ularning so‘zlariga qaraganda, Buyuk britaniyalik sayohatchi ayol yordam so‘rab yetarlicha faol chaqirmagan. Bu haqda The Local portali ma’lum qildi.
Hodisa joriy yilning iyunida yuz bergan. Biroq uning tafsilotlari yaqinda Angliyaning Gempshir grafligi Beysingstok shahar sudidagi jarayondan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Juli Dadxill va uning turmush o‘rtog‘i Endi dengizda suzishga qaror qilgan. 51 yoshli erkakning eslashicha, u qirg‘oqqa qaytgandan so‘ng uning rafiqasi mustaqil ravishda quruqlikka yeta olmasligini ma’lum qilgan.
Endi plyajdagi navbatchi qutqaruvchilarga murojaat qilgan. Biroq ular agar ayol yordamga muhtoj bo‘lsa, qo‘llarini faol silkitgan bo‘lishini ma’lum qildi. Nihoyat britaniyalik o‘zini suvga tashlagandan so‘ng qutqaruvchilardan biri uning ortidan yo‘l olgan. Ayolni qirg‘oqqa olib chiqishganda, u allaqachon halok bo‘lgan edi.
Sud ayolning o‘limiga baxtsiz hodisa sabab bo‘lganligi haqida qaror chiqardi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan avgust oxiriga qadar Ispaniya plyajlarida 321 kishi cho‘kib ketgan. Bunday hodisalarning 86 foizi qutqaruvchilar navbatchilik qilmagan hududlarda yuz bergan.
Izoh (0)