Germaniya parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha raisi Norbert Rettgen ta’kidlashicha, Germaniya haqiqatan ham, Moskvaning Suriyadagi siyosati tufayli, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin. Bu haqda Germaniya nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir harbiy jinoyatlarga javoban sanksiyalar kiritmaslik sharmandalik bo‘lardi.
Shuningdek, Rettgen yangi sanksiyalar birdan bo‘lmasa-da, baribir Rossiya siyosatiga ta’sir o‘tkazishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, parlament spikeri “buyumlarni o‘z nomi bilan atamaydigan” boshqa Yevropa mamlakatlarini tanqid qildi.
Izoh (0)