7-oktabr, juma kuni Britaniya funt-sterlingi Osiyo bozorlarida AQSh dollariga nisbatan keskin tushib ketdi, deb yozadi “Interfaks”. Bu bozor ishtirokchilarining Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqda chiqishi oqibatlari yuzasidan xavotiri fonida kuzatildi. Pasayishni, bozor ishtirokchilari aytganidek, savdo robotlari kuchaytirdi.
Funt-sterling narxi tushishiga Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Bryussel Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi haqidagi muzokaralar chog‘ida Londonga nisbatan qat’iy pozitsiyani egallashi kerakligi haqida so‘zlari turtki berdi.
Qaysidir lahzada funtning pasayishi bir necha daqiqalar ichidayoq 6,1 foizga yetdi, ya’ni Britaniya milliy valyutasi 1,2614 dollar start narxidan 1,1841 dollargacha tushib ketdi. Bu 1985-yil mayidan buyon kuzatilgan eng kam ko‘rsatkich hamda iyunda, referendum natijalaridan keyin Britaniya valyutasi 11 foizga pasayganidan beri rekord darajadagi pasayishdir.
Toshkent vaqti bilan 10:00 ga kelib, kurs 1,2427 dollargacha chiqib oldi.
Izoh (0)