Xalqaro hamjamiyat Bryusselda bo‘lib o‘tgan donorlik konferensiyasi yakunlariga ko‘ra, Afg‘oniston uchun 15,2 milliard dollar to‘pladi, deb yozadi “TASS”.
Konferensiya yakuniy hujjatida aytilishicha, xalqaro hamjamiyat va Afg‘oniston ushbu mamlakatga tinchlik, xavfsizlik, barqaror taraqqiyot va gullab-yashnashga erishishga yordam berish uchun hamkorlikni kuchaytirishga intilishni namoyon etdi.
Yangi progressga erishish maqsadida konferensiya ishtirokchilari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ishlashga kelishib oldi, bular Afg‘onistonda davlat va institutsiyaviy qurilish, barqaror xalqaro ko‘mak va moliyalashtirish, zo‘ravonlikka nuqta qo‘yish uchun mintaqaviy va xalqaro ko‘mak.
Izoh (0)