Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yadro va energetika sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitim amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb yozadi “TASS”.
Hujjatda aytilishicha, ushbu bitim 2013-yil 16-sentabrda tuzilgan bo‘lib, uning amal qilishi AQSh tomonidan Rossiya bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni cheklash joriy qilinishi tufayli to‘xtatildi.
Qarorga ilova qilingan ma’lumotnomada ta’kidlanishicha, “Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish munosabati bilan AQSh tomonidan ko‘rilgan choralar bitimda ko‘zda tutilgan hamkorlik yo‘nalishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi”.
Avvalroq AQSh Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya bilan yaratilgan ikki tomonlama kanallardan foydalanishni to‘xtatishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)