5-oktabr kuni Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniyda Ramzan Qodirovning respublika rahbari lavozimiga inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
Qodirovning lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim Grozniydagi Davlat teatr-konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov Qodirovni respublika konstitutsiyasiga muvofiq qasamyod qilish uchun tribunaga taklif etdi.
Xuddi shu kuni Grozniyda Shahar kuni bayram qilindi, Qodirovning o‘zi esa 40 yoshini nishonladi.
Avvalroq Qodirovning matbuot kotibi Alvi Karimov Qodirov inauguratsiyani ataylab o‘z tug‘ilgan kunida o‘tkazgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan edi.
Chechenistonda respublika rahbarligiga saylovlar 18-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Saylovda ovoz beruvchilarning 94,8 foizi ishtirok etdi. Ramzan Qodirovga ishtirok etgan saylovchilarning 97,94 foizi ovoz berdi. Shu tariqa, u o‘z lavozimida qoldi.
Izoh (0)