AQSh hukumati shartnoma bo‘yicha Milliy xavfsizlik agentligida ishlagan xususiy kompaniya xodimini davlat sirlarini o‘g‘irlashda gumon qilib qo‘lga oldi, deb yozadi “TASS” Reuters’ga tayanib.
Garold Tomas Martin ismli mahbus 2013-yilda AQSh maxsus xizmatlari faoliyatini fosh qiluvchi hujjatlarni matbuotga bergan Edvard Snouden ishlagan Booz Allen Hamilton kompaniyasi xodimidir.
Avvalroq The New York Times FQB xodimlari Milliy xavfsizlik agentligi pudratchisini hibsga olgani, u “boshqa mamlakatlar, shu jumladan Rossiya hukumati tarmoqlarini buzib kirish uchun ishlab chiqilgan o‘ta maxfiy kodlar”ni o‘g‘irlash va fosh qilishda gumonlangani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)