Zimbabvening “Xvange” klubi futbolchilari maoshidagi qarz tufayli ish tashladi. Bu haqda Professional futbolchilar assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, klub ba’zi futbolchilarga ikki yil maosh to‘lamagan. 2015-yilda “Xvange” shartnomaga ko‘ra yiliga 3 600 dollar to‘lanishi kerak bo‘lgan futbolchilarga 500 dollar maosh bergan. 2016-yilda esa o‘yinchilar bonus sifatida 200 va 25 dollar olgan.
Futbolchilar moliyaviy muammo haqida oshkor qilsa, ular klubga tegishli uylardan haydab chiqarilishi aytilib, po‘pisa qilingan.
Professional futbolchilar assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi ish tashlashni to‘liq qo‘llab-quvvatladi va klub, liga hamda Zimbabve futbol assotsiatsiyasi tegishli chora ko‘rishini talab qildi.
Izoh (0)