Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
30 dan ziyod davlatdan eng kuchli sportchilar ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida Ahmat Alimbekov vazni 86 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
75 kilogrammgacha sportchilar bahsida Fazliddin Vahobov bronza medal bilan taqdirlandi.
Izoh (0)