Apple, Google va Coca-Cola to‘rt yildan buyon ketma-ket dunyoning eng qimmat brendlari deb tan olinmoqda. Bu haqda, Interbrand Corp. hisobotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Korporatsiya jahonning 100 eng qimmatbaho brendlari haqidagi hisobotni 17-marta e’lon qildi. Unga ko‘ra, Apple brendining narxi 5 foizga oshib, 179,1 milliard dollarni tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda turgan Google narxi 11 foizga oshib, 133,3 milliard dollarga yetdi.
2013-yilga qadar 13 yil davomida birinchilikni ushlab turgan Coca-Cola esa hozir uchinchi o‘rinda. Yil davomida uning qiymati 7 foizga tushib, 73,1 milliard dollarni tashkil etdi.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Microsoft, Toyota, IBM, Samsung, Amazon, Mercedes va General Electric kirdi.
Joriy yilgi reytingda 100 ta brendning 29 tasi texnologik va avtomobilsozlik sohalariga oiddir.
Facebook 48 foizlik o‘sish va 32,6 milliard dollar qiymat bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.
Izoh (0)