Falastin hukumati munitsipal saylovlarni to‘rt oyga ortga surib, keyingi yilning fevraliga belgiladi. Bu haqda, Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Falastin vazirlar mahkamasi tegishli qarorni e’lon qilgan. Bunga qadar mamlakat saylov qo‘mitasi Mahmud Abbosga saylovlarni barcha hududlarda — ham Iordan daryosining G‘arbiy sohilida, ham G‘azo sektorida o‘tkazishni tavsiya etgan edi.
3-oktabr kuni Falastin Oliy sudi mahalliy saylovlarni faqat okkupatsiyadagi G‘arbiy sohilda o‘tkazish haqida qaror qildi. U G‘azo ma’muriyatini noqonuniy deb topdi.
G‘azo sektori HAMAS harakati tomonidan boshqariladi. Guruh bir necha yildan buyon Iordan daryosining G‘arbiy sohilini nazorat qiluvchi FATH harakati bilan murosa qila olmaydi.
Izoh (0)