Ispaniyaning Andalusiya muxtor hamjamiyati, Veles-Malaga munitsipalitetida joylashgan qahvaxonadagi portlash oqibatida 90 kishi jarohatlandi. Ulardan 4 nafarining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Malaga fuqarolari shahar kunini nishonlayotgan, bayram munosabati bilan yarmarka uyushtirilgan, shu sababli qahvaxona atrofida ham odam ko‘p edi.
Rasmiylar qahvaxona oshxonasida gaz portlaganini bildirmoqda. Hodisa joyidan olingan kadrlarda buning oqibatlari — stullar uloqtirib tashlangani, oynalar sinib tushganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)