Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

World Car of the Year (WCOTY) tanlovi tashkilotchilari 2017-yilgi dunyoning eng yaxshi avtomobili nomiga da’vogarlik qilayotgan mashinalarni e’lon qildi. Asosiy tanlovda 22 model qatnashmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Foto: Motor

WCOTY vakillari “Yilning vakolatli mashinasi/Yil sportkari” (13 model) hamda “Yilning yashil avtomobili” (11 model) nominatsiyalariga da’vogarlarni oshkor etdi. Bundan tashqari, tanlovda yangi nominatsiya paydo bo‘ldi. U “Shahar avtomobili” (World Urban Car) deb ataladi. Mazkur yo‘nalishda sakkiz model o‘zaro bahslashadi.

Tanlov hakamlari sirasida 20 mamlakat vakili bo‘lmish 70 avtomobil jurnalisti bor. G‘oliblar 2017-yil 17-aprelida Nyu-York avtosaloni doirasida e’lon qilinadi.

Oxirgi tanlov g‘olibiga Mazda MX-5 aylangan edi. Shuningdek, BMW eng yaxshi vakolatli mashinasi, Audi R8 kupesi eng yaxshi sport mashinasi, Toyota Mirai vodorodli modeli yilning yashil avtosi deb topildi. Eng yaxshi dizayn uchun mukofotni yana o‘sha Mazda MX-5 qo‘lga kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi