Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston Janubiy Koreyani mamlakat 12 yil davomida egallab kelgan yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar beshtaligidan chiqarib yubordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Getty

Foto: Getty

Janubiy Koreyada 2016-yilning 7 oyi mobaynida 2,55 million avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Hindistonda bu ko‘rsatkich 2,57 millionni tashkil etdi. Avgustda koreyaliklar 217 ming, hindlar esa 387,7 ming mashina yig‘di.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili avtomobil ishlab chiqarish hajmi Janubiy Koreyada 4,55, Hindistonda esa 4,12 million donadan iborat bo‘lgandi.

2002-yili Janubiy Koreya dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlari reytingida beshinchi o‘rinni yo‘qotgan, biroq oradan uch yil o‘tib mavqeini qaytarib olgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi