Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida ko‘chki tufayli ikki turar joy binosi qulab tushdi. Buning oqibatida kamida bir kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “TASS”.
Binolardan birining balandligi 7, ikkinchisi esa 4 qavat bo‘lgani bildirilmoqda. Hodisa joyi politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va favqulodda xizmatlar tomonidan o‘rab olingan.
Rasmiylar binolarda odamlar bo‘lishi mumkinligi ehtimolini o‘rganmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 qavatli bino mehmonxona sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)