Taniqli aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Germaniya chempionati 6-turidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Kyoln” o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi va “Bavariya” mavsumda ilk marta 2 ochko yo‘qotdi.
Avvalroq Shvarsenegger shaxsiy soqchisi bilan Myunxenning bosh vokzali orqali velosipedda haydagani uchun Germaniya politsiyasi unga ogohlantirish berdi. Shunga qaramay, aktyor politsiyachilar bilan suratga tushish bilan cheklandi va vokzalning shimoliy chiqishidan piyoda chiqib ketdi.
Izoh (0)