Vankuverda yashaydigan rossiyalik Valeriy Shershnyov Amazon internet-do‘konida 80 mingdan ortiq akkaunt ochib, soxta kitoblar sotgan va kamida 3 million dollar ishlab topgan, deb yozadi TJournal.
Ular algoritmlar yordamida avtomatik tarzda yaratilgan shaxs sifatida o‘sish va kasbiy mahoratni oshirish bo‘yicha qisqa kitoblardir. Ular orasida, xususan “Qanday qilib ishni keyinga qoldirmaslik”, “Ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt yuritish sirlari” va boshqa mavzular bor.
Nashrlar reytingi botlar va buyurtmali taqrizlar yordamida sun’iy ravishda oshirilgan.
Hozirda Shershnyovning akkauntlari o‘chirilgan. Amazon vakili hozircha bunday kitoblarga qarshi kurashishning samarali usuli yo‘qligini tan oldi. Nashr rossiyalik qalbaki kitoblar sotuvi uchun javobgarlikka tortilish-tortilmasligiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)