Somali poytaxti Mogadishoda bomba portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Guvohlarning bildirishicha, portlash shahar janubida, bozor yaqinidagi restoron atrofida sodir etilgan. Bu restoranga odatda xavfsizlik kuchlari harbiy xizmatchilari kelishi aytilmoqda.
Bu Mogadishoda sentabr oyi boshidan beri amalga oshirilgan to‘rtinchi portlashdir. Qo‘poruvchilik harakati uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” terrorchi guruhi zimmasiga oldi.
Izoh (0)