Afg‘onistonning Badg‘is viloyatida sodir etilgan portlash oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea tungi soatlarda sodir bo‘ldi. Langar shahri chetida avtomobil qo‘lbola fugasga yo‘liqib, portlab ketdi.
Birorta terrorchi guruh bu akt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)