Yevropaning 46 ta yuqori futbol ligalari zarar ko‘rmaslik mezoniga javob bera oladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
UEFAning Maltada bo‘lib o‘tgan klublarni litsenziyalash va moliyaviy fair-play seminarida 700 klubni qamrab olgan tadqiqot xulosalari taqdim etildi. Unga ko‘ra, klublarning jami zarari ketma-ket to‘rtinchi yil kamaymoqda.
“Klublarning qarzlari 2011-yildagi 57 milliondan 2016-yilning 30-iyuniga qadar 5 milliongacha (qariyb 92 foizga) kamaydi. 2015-yilda klublari qarzdorlikdan chiqqan futbol uyushmalari soni 2014-yilgiga nisbatan 15 tadan 25 taga oshdi. Ayni damda Yevropaning 46 ta yuqori futbol divizionlari zarar ko‘rmaslik mezoniga javob bera oladi”, – deyiladi UEFA matbuot xizmatining xabarida.
Moliyaviy feyr-pley 2011-yildan buyon amal qilib kelmoqda. Shundan beri UEFA bayrog‘i ostidagi turnirlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan jamoalar boshqa klublar, o‘z futbolchilari hamda ijtimoiy/soliq xizmatlari oldida moliyaviy majburiyati yo‘qligini isbotlashi kerak.
Izoh (0)