Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan otishma natijasida Turkiya xavfsizlik kuchlarining uch xodimi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xabar berishlaricha, xavfsizlik kuchlari va KIP jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuv Turkiya janubi-sharqidagi Hakkyari viloyatida yuz bergan.
Haberturk telekanali axborotiga ko‘ra, Turkiyada faoliyati taqiqlangan KIP jangarilari Yuksako‘va hududida qurolli hujum uyushtirgan.
Izoh (0)