Eron maxsus xizmatlari uch oy muqaddam — iyunda Tehron universiteti hududida juma namozi paytida sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldini olgan edi. Bu haqda qabul qilinayotgan qarorlar muvofiqligi bo‘yicha bo‘yicha kengash kotibi, diviziya generali Muhsin Rizoiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
U Fars agentligiga bergan intervyusida IShID guruhi Eronda bir necha marotaba teraktlar rejalashtirganini, ammo barcha bu turdagi urinishlar bartaraf etilganini ta’kidlab o‘tdi.
“Uch oy muqaddam IShID terrorchilari guruhi Islom Respublikasi hududiga kirib olib, Tehron universiteti hududida juma namozi chog‘ida xudkush kamarini harakatga keltirishga urindi. Bu diversion guruh aniqlanib, Iroq bilan chegaradagi Kurdiston viloyatidan Hamadon viloyatiga o‘tish chog‘ida qo‘lga olindi”, — dedi Rizoiy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)