Yaponiyada Tokiodan Xirosimaga ketayotgan “sinkansen” tezkor ekspressi yo‘lovchilardan biri ilon ko‘rganidan so‘ng oraliq bekatga to‘xtatildi. Bu haqda, NHK telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
30 santimetrlik ilon vagon o‘rindig‘i va devori orasida aniqlangan bo‘lib, yo‘lovchilarni qo‘rqitib yubordi. Bu haqda ma’lumotga ega bo‘lgach, mashinist Xamamatsu bekatidagi temir yo‘lchilarni boxabar qildi. Ekspress platformaga yetib kelishi bilan politsiyaning ikki xodimi vagonga kirib, ilonni tutdi.
Shundan so‘ng ekspress deyarli kechikishsiz o‘z manziliga yetib bordi.
Ekspertlar bu Yaponiyada keng tarqalgan chipor ilon ekanligini aniqladi. U zaharli bo‘lmay, insonlarga xavf tug‘dirmaydi. Politsiya va JR temir yo‘l kompaniyasi sudraluvchi qanday qilib vagonga kirib olganini aniqlashga urinmoqda.
Izoh (0)