Tesla kompaniyasi elektromobillar dasturiy ta’minotini qayta ishlab chiqib, unga majburiy ventilyatsiya va salonni sovutish imkoniyatini kiritdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tesla dasturiy ta’minotidagi yangi funksiya salondagi havo haroratini doimiy ravishda kuzatib boradi. Agar u 40 darajadan oshib ketsa, tizim avtomatik tarzda konditsioner va ventilyatsiyani yoqadi.
Kompaniya vakillarining ishonishicha, shu yo‘l bilan mashinada uzoq muddatga qoldirib ketilgan bolalarning issiqdan nafasi siqib qolishi yoki qizib ketishi oldi olinadi.
Izoh (0)