Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining chorak final javob o‘yinini Bekobodda o‘tkazgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘ziga kerakli natijani qayd eta oldi.
Tomonlarning poytaxtda kechgan o‘yinida “qaldirg‘ochlar” 3:1 hisobida zafar quchgandi. Bekoboddagi o‘yinda esa hisob ochilmadi.
“Bunyodkor” O‘zbekiston Kubogining finaliga yo‘llanma olish uchun “Lokomotiv”ga qarshi ikki uchrashuvda ishtirok etadigan bo‘ldi.
“Metallurg”ga qarshi o‘yindan keyin “Bunyodkor” O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga ketma-ket 10 bor yo‘l olgan jamoaga aylandi, deb yozdi “Championat.asia”. Klub 2007-yildan buyon mazkur musobaqaning yarim finaliga yetib keladi va shularning 4 tasida bosh sovringa ega chiqqan.
O‘zbekiston Kubogi Chorak final. Javob o‘yini 21-sentabr, chorshanba
Izoh (0)