Turkiyada 28 mingga yaqin o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi, yana 9 465 nafarining faoliyati to‘xtatildi. Ularning barchasi terrorchilar bilan aloqada gumon qilinmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nuriddin Janikli ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Nuriddin Chaniklining so‘zlariga ko‘ra, faoliyati to‘xtatilgan o‘qituvchilarning ishlari tergov qilinmoqda. Bosh vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, avvalroq ishdan bo‘shatilgan 455 o‘qituvchi ishiga qayta tiklangan.
Shu yilning iyul oyida Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng Ta’lim vazirligining 6 500 xodimi o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. Shuningdek, Turkiya oliy ta’lim kengashi barcha universitetlardagi 1 577 dekanni ishdan ketishga chaqirgan.
Qayd etish joiz, harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng turkiyalik barcha olimlarga mamlakatni tark etish taqiqlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)