Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton 19-sentabr, dushanba kuni dam olish kunlari Nyu-York va Nyu-Jersida kuzatilgan ketma-ket portlashlar yuzasidan bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
U “ushbu xavf real” ekanligini, ammo AQShning uni bartaraf etishga bo‘lgan qat’iyati haqida ham xuddi shunday deyish mumkinligini ta’kidladi. “Amerikaliklarni qo‘rqitib bo‘lmaydi, — dedi Klinton. — Biz yutib chiqamiz”.
Immigratsiya masalasida gapirar ekan, u mamlakat viza tizimini yaxshilash va AQShga kirmoqchi bo‘lganlarni puxtalik bilan saralab olish kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr, shanba kuni Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan portlashda kamida 29 kishi jabrlandi. Keyinroq hukumat yaqin-atrofdan ishlamay qolgan portlovchi qurilmani topdi. Nyu-Jersida esa portlagan bombadan tashqari, yana bir nechta portlovchi qurilmalarni aniqlashdi, u yerda hodisa natijasida hech kim zarar ko‘rmadi.
Izoh (0)