Suriya armiyasi qo‘mondonligi shartlari bir necha oy davomida AQSh va Rossiya rasmiylari tomonidan kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibidan chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda, SANA agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Armiya va qurolli kuchlar oliy qo‘mondonligi 12-sentabrda e’lon qilingan Rossiya va Amerika kelishuvlari asosidagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibi yakunlanganini bildirdi”, — deyiladi axborotda.
“Mazkur tartib chindan ham qon to‘kish to‘xtatilishiga imkon berishi taxmin qilingan edi. Biroq terrorchi guruhlar kelishuvni inkor etdi va tinchlik tartibini 300 martadan ortiq buzib, uning biror bandini bajarmadi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Rasmiy Damashqqa ko‘ra, jangari tuzilmalar kelishuvdan “kuchlarni taqsimlash va qayta qurollanish”, shuningdek, “Aleppo, Xama va Kuneyra viloyatlarida keng ko‘lamli teraktlarni tayyorlash” uchun foydalandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)