Liviya sharqidagi Tobruk shahri hududida harbiy vertolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Mashina bortida jami yetti kishi bo‘lib, ulardan ikki nafari omon qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Vertolyot Ras-Lanufadan Tobrukka yo‘l olgan va harbiy baza yaqinida qulagan. Halok bo‘lganlar mamlakat qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Idris Yunus Drissi, uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li, shuningdek, ularga hamrohlik qilgan ikki shaxs ekanligi bildirilmoqda.
Vertolyot halokati sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)