Ukrainalik Aleksandr Usik Butunjahon boks tashkilotining (WBO) og‘ir vazn toifasida yangi chempionga aylandi. Usik polshalik Kshishtof Glovatskiga qarshi 12 raundlik jangda ochkolar hisobi bo‘yicha g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Aleksandr Usik hakamlarning yakdil qarori bilan 119-109, 117-111, 117-111 hisobida zafar quchdi. Professional ringdagi 10-jangida WBO chempioni bo‘lgan ukrainalik bokschi amerikalik Evander Xolifild rekordini yangiladi. Xolifild o‘zining 12-jangida ushbu natijaga erishgandi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik professional ringdagi 10 ta jangining barchasida (9 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. 28 ta jang o‘tkazgan Kshishtof Glovatski 27 tasida (shulardan 19 tasida nokaut bilan) zafar quchib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qildi.
Izoh (0)