AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton 29 kishi jabrlangan Nyu-Yorkdagi portlashga raqibi Donald Trampga nisbatan tezkor munosabat bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Dalillar ko‘proq ma’lum bo‘lishi bilan hodisaning asl mohiyatini tushunib yetamiz”, — dedi Klinton CNN telekompaniyasi efirida.
Donald Trampning Nyu-Yorkdagi portlashga munosabati hozircha oshkor etilmadi. Uning saylovoldi shtabi sukut saqlamoqda, siyosatchining Twitter’dagi shaxsiy blogida ham bu borada ma’lumot yo‘q.
Nyu-York yong‘inga qarshi kurash boshqarmasi komissari Deniel Nigro portlash bino ichida emas, ko‘chada yuz berganini tasdiqladi, biroq tekshiruv ketayotganligini ro‘kach qilib, buning sabablarini bildirishdan bosh tortdi.
Izoh (0)