Tinch okeanida, Vanuatu qirg‘oqlarida 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari epimarkazi Norsap shahridan 7 kilometr shimoli-sharqda, 36,8 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar, shuningdek, sunami xavfi haqida xabar berilmadi.
Izoh (0)