Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) qurolli erkak poyezd vagoni ichida qamalib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Poyezddan 200 ga yaqin yo‘lovchi evakuatsiya qilindi. Miltiq bilan qurollangan erkak vagonni tark etishdan bosh tortdi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, u alkogol yoki narkotik moddalar ta’sirida bo‘lgan.
Politsiya xodimlari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagach, jinoyatchi taslim bo‘ldi.
Izoh (0)