Gretsiyada 16-sentabr, juma kuni 4,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer seysmologiya markazi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, yer silkinishi epimarkazi Afinadan 106 kilometr shimolda va Lamiya shahridan 78 kilometr sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i esa o‘n kilometr chuqurlikdan joy olgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)