Turkmanistonda mamlakat Konstitutsiyasining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu haqda Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ashxabodda bo‘lib o‘tayotgan Oqsoqollar Kengashida Turkmaniston konstitutsiyasining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatning qabul qilinishi siyosiy tizimni takomillashtirish, davlat va jamiyatni bosqichma-bosqich demokratlashtirish, jumladan, siyosiy xilma-xillik va ko‘ppartiyaviylikni ko‘zda tutuvchi konstitutsiyaviy islohotning mantiqiy davomidir. Ushbu jarayondagi muhim natijalardan biri Turkmanistonda mamlakat tarixida birinchi bor inson huquqlari bo‘yicha vakil lavozimining joriy etilishi bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishidan avval hujjat siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalarida keng muhokama qilindi. Uni tayyorlashda mamlakat fuqarolarining taklif va istaklari e’tiborga olindi.
Izoh (0)