• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi investori o‘z hisobidan kanalizatsiya tizimini quradi

    Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu loyiha ekologiyaga zarar yetkazishi, fuqarolarning manfaatlariga zid bo‘lishi yoki byudjet uchun yuk bo‘lishidan xavotirda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi asosiy savollarni tahlil qilib, xalqaro tajriba asosida bunga javob berdi. Quyida u to‘liq havola etildi.

    Foto:  Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

    Nega aynan Sea Breeze?

    Chorvoq — turizmning durdonasidir. Shu bois bu yerda loyihani shoshib qurib tashlash emas, balki yuqori darajada, ya’ni maktablar, shifoxonalar, oqova-suv tizimlari, bog‘lar barpo qilib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari tashkil qilib amalga oshira oladigan kuchli investor kerak edi. Agalarov Development kompaniyasi 5 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya, ijtimoiy infratuzilma obyektlar qurilishi, ekologik yechimlar va loyihani davlat nazorati ostida bosqichma-bosqich amalga oshirishni taklif qildi.

    Nega loyiha bitta investorga ishonib topshirildi?

    Bitta developer — bu yagona arxitektura, yirik kanalizatsiya tizimi, avtomobil yo‘llari, ko‘kalamzorlashtirish tizimlari va mas’uliyat degani. Agar yer bir nechta quruvchilarga bo‘lib berilganida, ziddiyat, tartibsizlik va nazoratning imkonsizligi yuzaga kelgan bo‘lardi.

    Misol: Saudiya Arabistonidagi The Red Sea Project ham ekologiya va yagona yondashuvni saqlab qolish maqsadida yagona developerga topshirilgan.

    Loyiha qaysi manbalar hisobidan amalga oshiriladi? Qarzdorlik yuzaga kelmaydimi?

    Loyiha to‘liq xususiy mablag‘lar asosida amalga oshirilmoqda. Davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmaydi. Barcha moliyaviy xatarlar investor zimmasida. Kreditlar tijorat asosida olinadi, davlat qarzining ortishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

    Shu bilan birga, davlat loyihaning barcha bosqichlarida — ekologik me’yorlarga amal qilinishidan tortib, moliyaviy shaffoflik va ijtimoiy samaragacha qattiq nazoratni saqlab qoladi.

    Misol: Gretsiyadagi Sani Resort aynan shu tartibda qurilgan — byudjetdan bir tiyin ham sarflanmagan, lekin mamlakat iqtisodiyoti uchun katta foyda keltirgan.

    Investorda tajriba bormi?

    Ha. Ozarbayjondagi Sea Breeze — bu dunyo darajasidagi kurort bo‘lib, mehmonxonalar, konsert maydonchalari, restoranlar va obodonlashtirilgan hududlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Moskva va Moskva viloyatida ham yirik loyihalar amalga oshirilgan.

    Misol: Kerzner kompaniyasi Dubaydagi Atlantis loyihasini muvaffaqiyatli qurib, keyinchalik Xitoyda ham shunga o‘xshash loyiha amalga oshirgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Nega ijaraning qiymati atigi 17 mlrd so‘m?

    Ijara to‘lovi investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida ramziy darajagacha kamaytirilgan. Buning evaziga investor 240 million dollar miqdorida infratuzilma to‘lovi to‘laydi — bu yer ijarasining bozor qiymatidan ancha yuqori. Mazkur to‘lov Toshkent viloyatida birinchi marta joriy qilinmoqda. Bu mablag‘lar kanalizatsiya, yo‘llar, ko‘priklar va tozalash inshootlarini qurishga yo‘naltiriladi. Ortib qoladigan 100 million dollar hudud infratuzilmasining keyingi rivojlanish va modernizatsiyaga sarflanadi.

    Misol: Meksika va Vyetnamda xorijiy sarmoyani jalb qilish va rivojlanishni jadallashtirish maqsadida yirik investitsiya loyihalarining ijarasi nol qiymatida berilgan.

    Yerlarni qayta sotish mumkinmi? Bu spekulyatsiya emasmi?

    Yo‘q. Yer davlat tasarrufida qoladi. Qayta ijaraga berish faqat loyiha konsepsiyasiga muvofiq qurilishni amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan, xalqaro mehmonxonalar va boshqa obyektlarni qurishda. Shartlar buzilgan taqdirda — shartnoma bekor qilinadi, yer davlatga qaytariladi.

    Misol: BAAdagi Saadiyat Island hududida aynan shunday shartlar amal qiladi: davlatning nazorati ostida, aniq bosh reja asosida va faqat loyiha doirasida foydalanish uchun ijaraga topshirish huquqi berilgan.

    Nega obyektlarni bir vaqtning o‘zida  loyihalashtirgan holda qurilishga ruxsat berildi?

    Qonunchilikda ayrim hollarda hukumat tomonidan parallel loyihalashga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Qaror hukumat tomonidan qat’iy nazorat sharti bilan qabul qilingan. Bunda loyihani Bosh prokuratura nazorat qiladi, bosh vazir o‘rinbosari raisligida idoralararo guruh tashkil etiladi.

    Misol: Singapurdagi Marina Bay Sands loyihasi ham vaqtni yo‘qotmaslik maqsadida shu prinsip asosida — bosqichma-bosqich, loyihani qurish jarayonida takomillashtirib borish yo‘li bilan, lekin qat’iy nazorat ostida amalga oshirilgan.

    Ekologiya masalalari qanday hal etiladi?

    Chorvoqqa oqova suvlarini oqizish qat’iy taqiqlanadi. Investor o‘z hisobidan kanalizatsiya tizimini quradi. Hududning kanalizatsiya tizimi Chirchiqdagi tozalash inshootlariga ulanadi. Bu tizim yaqin atrofdagi hududlar uchun ham infratuzilma imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, ko‘chatlar ekiladi, energiya tejamkor texnologiyalar joriy qilinadi, ekologik nazorat har bir bosqichda olib boriladi.

    Misol: Albaniyada shunga o‘xshash loyiha nafaqat zarar yetkazmagan, balki hududning ekologik holatini yaxshilagan.

    Foto: “O‘zbekiston 24” efiridan kadr

    Nega yo‘llar va kommunikatsiyalarni davlat qurmoqda?

    Umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlari — ko‘priklar, yo‘llar — odatda davlat hisobidan quriladi, chunki ulardan nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi ham foydalanadi. Muhimi ushbu xarajatlar investor tomonidan to‘lanadigan 240 million dollarlik infratuzilma to‘lovi hisobidan qoplanadi.

    Misol: Dubay Expo yoki Saudiya Arabistonidagi NEOM loyihalari ham shunday qurilgan — infratuzilma davlat tomonidan, yirik obyektlar esa xususiy kapital tomonidan moliyalashtirilgan.

    Jamiyat qanday manfaat ko‘radi?

    • Minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
    • Ta’lim va tibbiyot muassasalari va yo‘llar barpo etiladi;
    • Turistlar va valyuta oqimi sezilarli oshadi;
    • Byudjet va soliq tushumlari oshadi;
    • Ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘pdan beri kutilgan Chorvoq hududi uchun zarur suv-oqova tizimi quriladi.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Rahimjonov bergan xulosaga ko‘ra, Sea Breeze Uzbekistan loyihasi byudjetdan mablag‘ talab qilmaydi, hudud uchun yangi o‘sish imkoniyatlari yaratadi, xalqaro yondashuv va davlat nazorati ostida amalga oshiriladi, ekologik va shaharsozlik normalariga qat’iy amal qilinadi.

    “Bu Chorvoqni eng yaxshi jahon kurortlari tajribasi asosida mehnat qilish va yashash markazi, shuningdek, umum mavsumiy xalqaro turizm kompleksiga aylantiriladi”, deyiladi xulosada.

    Toshkent viloyati hokimligi ham Sea Breeze kurort majmuasi qurilishiga doir rasmiy bayonot bilan chiqqandi. Unda sayyohlar oqimi o‘sib borayotgani, mavjud mehmonxona va dam olish maskanlari yetarli emasligi esa qator noqulayliklarga sabab bo‘layotgani bildirilgandi. Hokimlik loyiha amalga oshirilishining barcha bosqichlari ekologiya, qurilish, kadastr va sanitariya sohalari bo‘yicha viloyat tuzilmalari tomonidan tizimli nazoratga olinishi ta’minlanishini  ma’lum qildi.

    7 avgust, 11:35   Izoh (0)   911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Filmlarda faqat eng sinchkov tomoshabinlar ilg‘aydigan yashirin ishoralar

    Kino | 7 avgust, 14:30

    G‘azoda bemorlar uchun qon tanqisligi ko‘paydi

    Dunyo | 7 avgust, 14:15

    Darvin Nunyes faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettiradi

    Sport | 7 avgust, 14:08

    50 yil kutilgan loyiha: Italiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik quriladi

    Dunyo | 7 avgust, 13:57

    Surxondaryodagi ayrim yo‘llarda tezlik soatiga 130 kilometr etib belgilanadi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:40

    Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq birinchi xonimni hibsga olishni talab qilmoqda

    Dunyo | 7 avgust, 13:15

    O‘zbekistonda 8-avgust kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.