AQSh, Liviya va Nigeriyadan neft yetkazib berilishi ko‘payishi kutilayotgani asnosida xomashyo narxi pastladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Londonning ICE Futures birjasida noyabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 16-sentabr, juma kuni Toshkent vaqti bilan 9:55 da 0,7 foizga pasayib, bir barrreli uchun 46,26 dollarni tashkil etdi.
Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) oktabrda yetkaziladigan WTI turidagi neft bahosi ham 0,7 foizga kamaydi va bir barreli uchun 43,61 dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)