O‘zbekiston Rossiyaga Rossiya Federal bojxona xizmati va “Rosselxoznadzor” liniyasi bo‘yicha “yashil yo‘lak” deb ataluvchi bojxona va fitosanitariya rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan jarayoni haqida bitim tuzishni taklif qildi, deb yozadi UzDaily.
Bunday taklif 2016-yil 14-sentabr kuni Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov va O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida bildirildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakatning agrosanoat sohasidagi o‘zaro hamkorligini muhokama qildi.
Tomonlar muammoli masalalarning barchasi bo‘yicha faol hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)