Toshkent moda haftaligi 22—27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Haftalik doirasida “Milliy libos” festivali, #beyoung, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning mualliflik ko‘riklari bo‘lib o‘tadi. O‘zbek matolari va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Tadbirni Toshkent moda haftaligi eng yaxshi kolleksiyalari gala-namoyishi, shuningdek, yetakchi chet el dizaynerlarining mahorat saboqlari yakunlab beradi.
Italiya va Janubiy Koreya moda sanoati vakillari tadbirning maxsus mehmonlari bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)